Toshkentda Xalqaro yuridik forumga tayyorgarlik boshlandi

Toshkentda Xalqaro yuridik forumga tayyorgarlik boshlandi

05.01.2019, 20:21

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” uchun tasdiqlangan davlat dasturi hamda Hukumatning 2019-yil 24-yanvardagi farmoyishiga asosan 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi oʻtkaziladi.

Xalqaro yuridik forum mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba tashkil etilmoqda.

Forumda Oʻzbekiston va bir qator xorijiy mamlakatlar adliya vazirlari, sud, prokuratura va boshqa davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, dunyoning yetakchi yuridik va konsalting firmalari vakillari, advokatlar, yurisprudensiya sohasidagi taniqli olimlar, mutaxassislar va ekspertlar qatnashishlari kutilmoqda.

Forum qatnashchilari “Sifatli davlat boshqaruvi”, “Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-xuquq tizimini isloh qilish”, “Faol investitsion siyosat” yoʻnalishlari boʻyicha munozara sessiyalari, davra suhbatlari, master-klass va taqdimotlarda ishtirok etishlari, xalqaro darajadagi va milliy ekspertlar leksiyalarini tinglashlari, muhokamalarda qatnashishlari mumkin boʻladi.

Joriy yil Oʻzbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan, Forumda Hukumat vakillari bilan xorijiy biznes tuzilmalari vakillari oʻrtasida investitsion hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratiladi.

Shuningdek, xorijiy qatnashchilar Oʻzbekistonning tegishli vazirlik (idora) va boshqa davlat tashkilotlari rahbar xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish haqida murojaat qilishlari mumkin va tashkilotchilar bunday soʻrovlarni imkon qadar amalga oshirishga harakat qiladilar.

Forum “Yilning eng yaxshi advokati”, “Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” va “Yilning eng yaxshi korporativ huquqshunosi” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.

Forum tadbirlari ingliz, rus va oʻzbek tillarida olib boriladi.

Bugungi kungacha Forumni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi, Forumning mazkur rasmiy sayti ishga tushirildi.

Forumda ishtirok etishni qulaylashtirish maqsadida uning rasmiy veb-sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoni yaratildi.

Forumni yoritish istagida boʻlgan xorijiy va mahalliy OAV vakillarining akkreditatsiyasi 2019-yilning 1-martidan boshlanib, 15-aprelida toʻxtatiladi.

Forum haqida batafsil maʼlumotlarni http://tashkentlawspring.uz sayti yoki (+99871) 268-28-43, (+99897) 455-71-04 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

P.S. Xalqaro va mahalliy tijorat va notijorat tashkilotlari Forum doirasida homiylik yoki hamkorlik qilishlari mumkin.

Homiylik va hamkorlik masalalari boʻyicha aloqa:

elektron manzil: sponsorship@tashkentlawspring.uz;

telefon: +998901850323.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar