“Tashkent Law Spring”: 4-mart kuni brifing

“Tashkent Law Spring”: 4-mart kuni brifing

02.03.2019, 14:20

Joriy yilning 4-mart kuni soat 15:00 da “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq tashkil qilinayotgan “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi boʻyicha matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.

Matbuot anjumaniga Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borish huquqiga ega boʻlgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, . Sh.Rashidov koʻchasi, 16-uy, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi binosi.

Murojaat uchun telefonlar: (+99890) 935-57-87, (+99871) 268-28-43, (+99871) 268-28-41, (+99871) 233-39-84.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar