“Siyosatni amalga oshirish (Policy implementation)”

“Siyosatni amalga oshirish (Policy implementation)”

10.04.2021, 10:55

Dunyoning rivojlangan davlatlari tomonidan o’tgan asrning ikkinchi yarmidan to hozirgi kunga qadar davlat hokimiyati irodasining ijro etilishini ta’minlashga ko’maklashuvchi “Policy implementation” jumlasi bilan ataladigan mexanizm joriy etilgan va amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda.

Qonunning qabul qilinishi siyosatning muvaffaqiyatli bo’lishiga kafolat bermaydi. Belgilangan natijalarga erishish ehtimolini oshirish uchun siyosatni amalga oshirish yuzasidan qo’shimcha qadamlar talab qilinishi mumkin.

Bu qabul qilingan qonun, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi shart-sharoitlarini oldindan, jarayonda va yakunda aniqlash. Yutuq-kamchiliklarni belgilab olish, natijalar asosida kerakli xulosalarni chiqarish demakdir.

O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan davlat boshqaruvi organlarining faoliyat samaradorligini yanada o’stirish, fuqarolarning davlat va uning mas’ul vakolatini amalga oshiruvchi sub’yektlaridan manfaatdorligini, qoniqishini ta’minlash, ertangi kunga ishonch hissini mustahkamlash, qulay tadbirkorlik muhitini yaratishga ko’maklashish maqsadida rivojlangan xorijiy davlatlarda yuqori samara bergan “Policy implementation” mexanizmini mamlakatimizda ham joriy etish ehtiyoji sezilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Tashkent Law Spring” II Xalqaro huquqiy forumining sessiyalaridan biri Siyosatni amalga oshirish (Policy implementation) masalalariga bag‘ishlangan. Sessiya doirasida quyidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:

– “Policy implementation”ning ahamiyati va uni amalga oshirish mexanizmlari;

– “Policy implementation”ni amalga oshirish jarayonlari;

– “Policy implementation”ni amalga oshirishning muhim bosqichlari;

– “Policy implementation”ni tatbiq qilish bo’yicha xalqaro tajriba.

Sessiyada Siyosatni amalga oshirish “Policy implementation” bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan nufuzli xorijiy tashkilotlarning vakillari ishtirok etadi.

Masalan, ushbu sessiyada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) Yevroosiyo bo‘limi rahbari Uilyam Tompson, Xalqaro advokatlar assotsiatsiyasining Bosh kotibi – Klaudio Visko, Institut direktori, Kiel universitetining Sharqiy Evropa tadqiqotlari markazi rahbari – Professor Aleksandr Trank kabi ekspertlar ishtirok etadi.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar