“Sud-huquq tizimini isloh qilish sharoitida advokaturani rivojlantirish istiqbollari”

“Sud-huquq tizimini isloh qilish sharoitida advokaturani rivojlantirish istiqbollari”

10.04.2021, 16:14

Yuridik hamjamiyat doimo advokatlik faoliyati, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq masalalarga qiziqib kelgan. Bunday qiziqish esa tabiiydir, chunki sud-huquq tizimi islohotlarini ham iqtisodiy sohadagi islohotlarni ham jismoniy va yuridik shaxslarning professional yuridik yordam olish kabi mavjud konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshiruvchi advokaturasiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

Shu munosabat bilan “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasida “Sud-huquq tizimini isloh qilish sharoitida advokaturani rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati oʻtkazilmoqda.

Ushbu tadbir davomida turli mamlakatlardan kelgan advokatura vakillari yuridik sohaning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar, orttirilgan tajriba haqida gapiradilar va advokatura institutini jadal oʻzgaruvchan dunyoda yanada rivojlantirish yoʻllari haqida fikr almashadilar.

Davra suhbatida Yevropa Ittifoqi, Angliya, AQSH, Rossiya, Ukraina
va Ozarbayjon advokatlar hamjamiyatlarining koʻzga koʻringan vakillari ishtirok etadi.

Xususan, ushbu davra suhbatida Yevropa yuridik hamjamiyati va Advokatlar hayʼati Kengashi Prezidenti Rango Pelitsarich, Angliya va Uelsda Advokatlar hayʼati raisi Amanda Pinto, Rossiya Federatsiyasi Federal palatasi Prezidenti Yuriy Pilipenko, AQSHda Minnesot okrugi yuristlar Federal Assotsasiyasi raisi Vildan Teske, AQSHda Massachutes shtati yuristlar Assotsasiyasi raisi Tomas Bond Ekvayr, Ukraina advokatlari milliy assotsasiyasi raisi Lidiya Izovitova, Yevropa yuristlar assotsasiyasi Prezidenti Mariya Slazak, Ozarbayjon Respublikasi Advokatlar Assotsasiyasi raisi Anar Bagirovlar maʼruzachi sifatida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etadilar.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar