Umumiy (ingliz) huquq tizimining xususiyatlari

Umumiy (ingliz) huquq tizimining xususiyatlari

19.04.2021, 10:38

Dunyo boʼylab ingliz huquqining moslashuvchanligi, kirishimliligi va amaliyligi bilan ajralib turishi tadbirkorlik subyektlari sababli oʼzlarining faoliyatlarida ingliz (umumiy) huquqi tizimidan qo`llashni afzal koʼrishadi. Shu nuqtai nazardan, dunyo boʼylab shartnomalarning 60% dan ortigʼi ushbu tizimda amalga oshirilganligi ajablanarli emas.

Ingliz huquqining yuqorida belgilangan hamda yangi texnologiyalarni rivojlantirish bilan bogʼliq, masalan, kripto-valyutalar va boshqalar kabi yangi paydo boʼlayotgan “huquqiy muammolarni” bartaraf etishga tayyorligi bilan bogʼliq xususiyatlarini inobatga olgan holda, milliy qonunchilik bilan qamrab olinmagshan ingliz huquqining baʼzi elementlarini implementatsiyasini koʼrib chiqish zarur hisoblanadi.

Shuni taʼkidlash kerakki, Oʼzbekistonning yangi siyosati asosiy maqsadi konstruktiv va oʼzaro manfaatli koʼptomonlama hamkorlik boʼlgan ochiqlik tamoyiliga asoslanadi. Ingliz huquq tizimida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishbilarmon doiralarning Oʼzbekistonda biznes yuritishga boʼlgan qiziqishi tobora ortib borayotganligini hisobga olib, har bir investor uchun, ayniqsa, huquqiy sohada teng qulay sharoitlar yaratish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Tashkent Law Spring” II Xalqaro huquqiy forumining sessiyalaridan biri ingliz (umumiy) huquqi tizimining xususiyatlari masalalariga bag‘ishlangan. Sessiya doirasida quyidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:

- nima uchun iqtisodiy islohotlar va O'zbekistonda inglizcha umumiy yurisdiktsiyani yaratish bir-biriga mos kelishi kerak;

- nima uchun ingliz huquqidan foydalanish kerak: uchta asosiy sabablari;

- ingliz huquqini implementatsiya qilish va qo'llashda sud hokimiyatining roli;

- ingliz huquqining O'zbekistonda qo'llanilishi;

- ingliz huquqini imlementatsiya qilish va qo'llash sohasidagi xorijiy tajriba;

- nizolarni arbitraj yoki vositachilik yo'li bilan hal qilish: inglizcha yondashuv.

Sessiyada yuqorida nazarda tutilgan masalalar boʼyicha katta tajribaga ega xorijiy tashkilotlarning vakillari ishtirok etadi.

Sessiyada Buyuk Britaniyaning Slinn fondi prezidenti Ser Piter Gross moderatorlik qiladi. Sessiya O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov tomonidan ochiladi.

Sessiyada spiker sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ser Suma Chakrabarti, Buyuk Britaniya аdliya vaziri o’rinbosari – Lord Devid Vulfson, To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri maslahatchisi – Otabek Nazirov, Buyuk Britaniya Apelyatsiya sudi sudyasi – Ser Jeyms Dingemans, Buyuk Britaniyalik qirollik advokati va xalqaro yurist – Havar Kureshi, advokat, arbitr, mediator, Arbitrlar oliy instituti a`zosi – Maykl Patchett Joys ishtirok etadilar.

Shuningdek, “Ostona” xalqaro moliyaviy markazi (OXMS) Huquqiy mslahatlashuv kengashi raisi Maykl Bler va OXMS Sudining ijrochi direktori Kris Kempbell-Holt muhokamalarda ishtirok etish uchun taklif qilinganlar.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar