Ser Suma Chakrabarti

Ser Suma Chakrabarti

19.04.2021, 11:05

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Ser Suma Chakrabarti 2012-yil iyulidan 2020-yil iyuligacha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bo‘lib ishlagan. 
YeTTBdagi faoliyati davomida Ser Suma YTTBning bozorga mos siyosatini isloh qilish, boshqaruvni takomillashtirish va investisiya iqlimini yaxshilash bo‘yicha targ‘ibotiga rahbarlik qilib, YTTB faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatlarning siyosiy rahbarlari va xususiy sektor mijozlarining bosh direktorlari bilan shaxsan ishlagan.
Ser Suma Chakrabarti - Sasseks universiteti va Sharqiy Angliya, shuningdek, Buxarest iqtisodiy tadqiqotlar akademiyasining faxriy fan doktori.
2020-yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ser Suma Chakrabartini "Do‘stlik" ordeni bilan YTTB va O‘zbekiston o‘rtasida "strategik sheriklik o‘rnatish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishda" xizmatlari uchun mukofotladi. Ushbu yilning oktyabr oyida Ser Suma Chakrabarti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. 
Ser Suma Chakrabarti “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumining “Umumiy (ingliz) huquq tizimining xususiyatlari” deb nomlangan sessiyasida ishtirok etadi.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar