Аdliya vaziri oʼrinbosari Аlisher Karimov sessiyani moderator sifatida ochib berar ekan, qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholash, korruptsiyaga qarshi ekspertizasini oʼtkazish, mazkur jarayonda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash, zamonaviy ekspertiza turlarini joriy etish norma ijodkorligining ajralmas qismiga aylanib borayotganini eʼtirof etib oʼtdi.
Sessiya doirasida mahalliy va xorijiy yetakchi ekspertlar, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, Belarusь Respublikasi Bosh prokuraturasi, “Jacobs, Cordova & Associates” halqaro konsalting tashkiloti, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi ekspertlari maʼruzalar bilan ishtirok etishdi.