“Umumiy (ingliz) huquq tizimining xususiyatlari”

“Umumiy (ingliz) huquq tizimining xususiyatlari”

24.04.2021, 11:05

Dunyo bo‘ylab ingliz huquqining moslashuvchanligi, kirishimliligi va amaliyligi bilan ajralib turishi tadbirkorlik sub’ektlari sababli o‘zlarining faoliyatlarida ingliz (umumiy) huquqi tizimini qo‘llashni afzal ko‘rishadi. Shu nuqtai nazardan, dunyo bo‘ylab shartnomalarning 60 foizidan ortig‘i ushbu tizimda amalga oshirilganligi ajablanarli emas.

Ingliz huquqining yuqorida belgilangan hamda yangi texnologiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq, masalan, kripto-valyutalar va boshqalar kabi yangi paydo bo‘layotgan “huquqiy muammolarni” bartaraf etishga tayyorligi bilan bog‘liq xususiyatlarini inobatga olgan holda, milliy qonunchilik bilan qamrab olinmagan ingliz huquqining ba’zi elementlarini implementatsiyasini ko‘rib chiqish zarur hisoblanadi.

Ayni shu masalalarga bag‘ishlangan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumining  “Umumiy (ingliz) huquq tizimining xususiyatlari” mavzuidagi sessiyasi munozaralarga boy bo‘ldi.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar