2019 yil 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi boʻlib oʻtadi. Forum O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va bir qator hamkorlar tomonidan tashkil etildi.
Joriy yilning 4-mart kuni bo'lib o'tgan matbuot brifingda forumni Tashkiliy qo’mitasi milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini kelgusi tadbirning asosiy maqsadlari va vazifalari haqida xabardor qildi.
Eslatib o’tamiz, mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi birinchi marotaba o'tkaziladi. Unda milliy va xorijiy davlat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, jahonning etakchi yuridik va konsalting firmalari, taniqli olimlar, ekspertlar va huquq sohasi mutaxassislari ishtirok etadilar.
Forum 3 ta asosiy sessiyalarga bo’lingan holda olib boriladi. Unda “Sifatli davlat boshqaruvi”, “Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilish”, “Faol investitsion siyosat” masalalari ko’rib chiqiladi.
Shuningdek, qonunni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari va O'zbekiston milliy qonunchiligini modernizatsiya qilishda eng yaxshi amaliyotlarni qo'llash masalalari bo'yicha muhokamalar, master-klasslar va taqdimotlar, davra suhbatlari tashkil etiladi.
Forum doirasida “Yilning eng yaxshi advokati”, “Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi”, “Yilning eng yaxshi korporativ yuridik xizmati” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlash marosimlari boʻlib oʻtadi.
Spikerlar sifatida Vena xalqaro arbitraj markazi Bosh kotibi Elis Fremut-Wolf, Yevropa nizolarni hal qilish markazi direktori Alyosha Zalara, Amerika-O'zbekiston savdo palatasi raisi, "White & Case" xalqaro huquq firmasidagi hamkor Kerolin Lemm, BMTTDning korruptsiyaga qarshi kurash bo'yicha Global dasturi maslahatchisi Angi Timilsina va boshqa ko'plab yuqori malakali mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda.
Bugungi kunga qadar forumda ishtirok etish uchun forumning rasmiy saytiga 300 dan ziyod xorijiy va milliy fuqoralaridan ariza kelib tushgan.
“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumida ishtirok etishni istaganlar forumning http://tashkentlawspring.uz/uz/register rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
2019 yil 1 mart oydan boshlab “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumini yoritishga qiziqqan xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarining vakillarini akkreditatsiyadan o’tkazish boshlangan.
Akkreditatsiya forumning barcha tadbirlarida talab qilinadi. Akkreditatsiya uchun arizalar 15 aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Akreditatsiya qoidalari borasida batafsil ma’lumot bilan forumning rasmiy veb-saytida http://tashkentlawspring.uz tanishib chiqishingiz mumkin.