Aleksis Mur – Xalqaro Savdo Palatasining Xalqaro arbitraj sudi Prezidenti, xalqaro arbitraj sohasidagi dunyoga mashhur huquqshunoslardan biri.
U faoliyati davomida 260 dan ortiq arbitraj ishlarni ko‘rishda arbitr, ekspert yoki taraf vakili sifatida ishtirok etgan, arbitraj sohasida bir qator yuqori lavozimlarda ishlab kelmoqda (Xalqaro advokatlar assotsiyatsiyasi Arbitraj qo‘mitasining raisi (2012-2013), London Xalqaro arbitraj sudi a’zosi (2012-2015), Milan Savdo Palatasining Arbitraj kengashi a’zosi (2006-2014) va 2015 yil 1 iyuldan hozirgi vaqtgacha Xalqaro Savdo Palatasining Xalqaro arbitraj sudi Prezidenti).
Aleksis Mur xalqaro tijorat huquqi, xalqaro xususiy huquq sohasidagi ko‘plab kitoblar va nashrlarning muallifi, arbitraj sohasidagi mashhur fransuz nashrlaridan bo‘lgan Parij xalqaro arbitraj jurnali “Les Cahiers de l'Arbitrage”ning asoschisidir.
Shuni ham alohida takidlash lozim-ki, hakamlik va nizolarni hal qilishga ixtisoslashgan 35 ta yuridik firmani o‘z ichiga olgan, Fransiyaning mashhur “Castaldi Mourre & Partners” advokatlik firmasiga Aleksis Mur tomonidan 1996 yilda asos solingan.
“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi haqidagi batafsil ma’lumotlarni http://tashkentlawspring.uz sayti yoki Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining (+99871) 268-28-41, (+99871) 268-28-43 telefon raqamlari orqali olish mumkin.