“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish shartlari

“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish shartlari

28.01.2020, 15:37

“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun 2020-yil 10-aprelga qadar saytning “Roʻyxatdan oʻtish” rukniga ariza topshiriladi. Ishtirok etish summasi koʻrsatilgan hisob raqamlardan biriga toʻliq kelib tushishi bilan shaxsning Forumda ishtirok etishi tasdiqlangan hisoblanadi. Toʻlov pul koʻchirish yoki naqd pul shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Yakka tartibda 2020-yilning 1-apreliga qadar roʻyxatdan oʻtgan xorijiy ishtirokchi uchun Oʻzbekistonga kirish vizasi bepul rasmiylashtiriladi.

Oʻzbekistonga kirish vizasi bepul rasmiylashtirish uchun quyidagi maʼlumotlar info@tashkentlawspring.uz elektron manziliga “Viza boʻyicha yordam” soʻzlarini mavzuga yozgan holda yuborilishi lozim:

- roʻyxatdan oʻtganlik va toʻlovni amalga oshirganlikning tasdigʻi;

- toʻldirilgan elektron ariza;

- pasport, aviachipta nusxasi va mehmonxona broni.

Tegishli tartibda Forum roʻyhatidan oʻtgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.

Xorijiy qatnashchilarning Oʻzbekiston vazirlik (idora) va tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari bilan uchrashuv tashkillashtirish haqidagi soʻrovlari 2020-yilning 1-martiga qadar registration@tashkentlawspring.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Forum sessiyalari o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Forumda ishtirok etish bilan bogʻliq barcha savollarni registration@tashkentlawspring.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar