“Tashkent Law Spring” bu yil nimalarni va’da qilmoqda?
Shak-shubhasiz, kelajak tarixdan boshlanadi. Buni yaxshi anglagan xolda Xalqaro yuridik forumda ham tarix va zamonaviy dunyoni bog‘lashga aloxida e’tibor qaratildi. “Tashkent Law Spring” II xalqaro yuridik forumi tashkilotchilari bu yil bizga nimalarni hozirlashmoqda?
Jahonga mahshur va taniqli yuristlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning bahs-munozarasi, ulkan tajribaga asoslangan taklif hamda tavsiyalarini o‘zida aks ettirgan forum bu gal o‘z ishtirokchilariga kulminatsion onlarni – tarix zarvaraqlari tomon unutilmas sayohatni va’da qilmoqda!
madaniy dastur xaqida batafsil https://www.tashkentlawspring.uz
Shu o‘rinda, Amerikaning “Harper's Bazaar” nashri 2020-yilda eng sayohatbop mamlakatlar ro‘yhatida O‘zbekistonni birinchi o‘ringa loyiq ko‘rganligini ta’kidlash o’rinli. Darhaqiqat mamlakatimiz turizm borasida ulkan salohiyatdan tortib, keng imkoniyatlarga ega. Amerika nashri ham Qadimiy Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Farg‘onadagi tarixiy manzaralarni alohida tariflagan.
E’tiborli jihati shundaki, madaniy dasturdagi tarixiy va madaniy yodgorliklarning barchasi Yuneskoning Umumjahon merosi ro‘yhatidan joy olgan.
Mazkur ro‘yhatga qo‘shimcha ravishda “Tashkent Law Spring” tashkilotchilari forum yakunida Toshkent va Nukus shaharlariga ham kutilmagan sayohatni tashkillashtirmoqda. Xiva-Nukus yoʻnalishi ochiq osmon ostidagi shahar-muzey yodgorligi bo’lgan Ichan qa’la, Moʻynoq shahridagi Orol dengizi fojiasini mujassamlashtirgan “Kemalar qabristoni”, Nukus shahridagi dunyoga “Sahrodagi Luvr” bo’lib tanilgan Saviskiy nomidagi muzey kabi mashxur joylarga ekskursiya uyushtirishni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston huquq baxori turistik mavsumga toʻgʻri kelishini inobatga olib, ishtirokchilar madaniy dasturdagi yoʻnalishdardan o‘zlarini qiziqtirgan ayni bir yo‘nalishni tanlashlari mumkin bo’ladi.