Xalqaro yuridik forumda ishtirok etish istagini bildirganlar diqqatiga !

Xalqaro yuridik forumda ishtirok etish istagini bildirganlar diqqatiga !

04.02.2020, 12:20

“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish istagini bildirganlar 2020-yil 10-aprelga qadar saytning “Roʻyxatdan oʻtish” ruknida onlayn ariza topshirishlari hamda milliy ishtirokchilar saytning “Ishtirok etish shartlari” da yuridik forumda ishtrok etish to’g’risidagi shartnoma bilan tanishishlari mumkin.

“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish to’g’risida Shartnomada ishtrokchilik paketlari, hisob-kitob qilish shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari keltirilgan.

Forum quidagi paketlarni taqdim etadi:

- “Premium” paketi – forum ishtirokchilariga 2 kun mobaynida tushlik, kofe-breyk va kontsert dasturi hamrohligida kechki ovqatni qoʼshgan holda plenar yigʼilishlarda, muhokama sessiyalarida ishtirok etish imkoniyatini yaratish hamda forumga oid tarqatma materiallarni taqdim qilinadi. Mazkur paket – 1 kishiga  3 500 000 soʼmni, bitta tashkilotdan uch kishidan kam boʼlmagan ishtirokchilar qatnashganda bir kishiga toʼliq paket qiymati 3 000 000 (uch million) soʼmni tashkil etadi.

- “Standart” paketi – forum ishtirokchilariga 2 kun mobaynida tushlik va kofe-breykni qoʼshgan holda plenar yigʼilishlarda, muhokama sessiyalarida ishtirok etish imkoniyatini yaratish hamda forumga oid tarqatma materiallarni taqdim qilinadi. Mazkur paket – 1 kishiga 1 500 000 (bir million besh yuz ming) soʼmga teng.

- “Maxsus” paketi – forum ishtirokchilari (talabalar, aspirantlar, doktorantlar uchun) 2 kun mobaynida tushlik va kofe-breykni qoʼshgan holda muhokama sessiyalarida ishtirok etishi imkoniyatini yaratish hamda forumga oid tarqatma materiallarni taqdim qilish majburiyatini oʼz zimmasiga oladi. Paket 1 kishiga  1 000 000 (bir million) soʼmni tashkil etadi.

Ishtirok etish summasi koʻrsatilgan hisob raqamlardan biriga toʻliq kelib tushishi bilan shaxsning Forumda ishtirok etishi tasdiqlangan hisoblanadi. Toʻlov pul koʻchirish yoki naqd pul shaklida amalga oshirilishi mumkin.

         Shartnomaning 3-bandiga muvofiq davlat byudjetidan mablag‘ oluvchi Buyurtmachi o‘z vakillarining ishtiroki uchun mazkur shartnomada nazarda tutilgan paketlar doirasida tanlangan paketining umumiy qiymatining 15 foizini oldindan mazkur shartnoma Moliya vazirligi g‘aznachiligi tomonidan ro‘yxatga olingandan so‘ng 5 (besh) kun ichida, qolgan 85 foiz miqdori esa hisob-fakturaga asosan Forum yakunidan so‘ng 5 (besh) kun ichida to‘lab beradi.

Xo‘jalik hisobidagi Buyurtmachi o‘z vakillarining ishtiroki uchun tanlangan paketning umumiy qiymatini 100% oldindan mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan paytdan boshlab 5 (besh) kun ichida to‘lab beradi.

Shu o’rinda aytish joiz, yakka tartibda 2020-yilning 1-apreliga qadar roʻyxatdan oʻtgan xorijiy ishtirokchi uchun Oʻzbekistonga kirish vizasi bepul rasmiylashtiriladi. Oʻzbekistonga kirish vizasi bepul rasmiylashtirish uchun quyidagi maʼlumotlar info@tashkentlawspring.uz  elektron manziliga “Viza boʻyicha yordam” soʻzlarini mavzuga yozgan holda yuborilishi lozim:

- roʻyxatdan oʻtganlik va toʻlovni amalga oshirganlikning tasdigʻi;

- toʻldirilgan elektron ariza;

- pasport, aviachipta nusxasi va mehmonxona broni.

Tegishli tartibda Forum roʻyhatidan oʻtgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.

Xorijiy qatnashchilarning Oʻzbekiston vazirlik (idora) va tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari bilan uchrashuv tashkillashtirish haqidagi soʻrovlari 2020-yilning 1-martiga qadar registration@tashkentlawspring.uz  elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar