“Tashkent Law Spring” Wikipediadan o’rin oldi

“Tashkent Law Spring” Wikipediadan o’rin oldi

04.02.2020, 16:47

Ma’lumki dunyodagi mashhur bepul onlayn ensiklopediya bu Wikipediadir. Wikipedia onlayn ensiklopediyasi 2001 yil yanvar oyida  ishga tushirilgan. Saytga Jimmi Uels va Lari Sangerlar tomonidan asos solingan.

Bugungi kunda Wikipedia dunyoning 307 ta tilida, jumladan, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida ham faoliyat olib boradi.

Hozirda  saytda 20 milliondan ortiq maqola mavjud. Mazkur maqolalar  turli sohalarni qamrab olgan bo’lib, ulardagi ma’lumotlarni  qiziqib o’quvchilar auditoriyasi nihoyatda keng. Onlayn ensiklopediya maqolalari kundan kunga ko‘payib bormoqda. Xususan, Wikipediaga o‘zbek tilidagi 134 mingga yaqin maqola joylangan.

Ular qatoridan 2019 yilda o’tkazilgan “Tashkent Law Spring”  I Xalqaro yuridik forumi ma’lumotlar ham joy oldi.  Forumning Wikipediadagi sahifasida forumning maqsadi, sessiyalar mavzusi hamda tadbirlar  haqida ma’lumotlar mavjud.

Wikipedia onlayn ensiklopediyasining butun dunyodagi foydalanuvchilari O’zbekiston huquq bahori bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi

 

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar