“Tashkent Law Spring”dan Samarqandga sayohat

“Tashkent Law Spring”dan Samarqandga sayohat

07.02.2020, 12:20

Avval xabar berganimizdek, “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekistonning mashhur shaharlari boʻylab madaniy dastur ishlab chiqilgan edi. Jahonga mahshur va taniqli yuristlar, mahalliy va xorijiy ekspertlar Samarqand, Buxoro, Xiva-Nukus, Toshkent, Fargʻona viloyati bo’ylab sayohatni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi.

UNWTO (Butunjahon sayyohlik tashkiloti) ning so’ngi ma’lumotlariga ko’ra, Oʼzbekiston turizm sohasi eng jadal surʼatlarda rivojlanayotgan top-20 mamlakat roʼyxatidan oʼrin olgan. Jumladan, mamlakatimiz turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar roʼyxatida toʼrtinchi oʼrinda qayd etilgan.

Albatta, yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijliklarning safi yil sayin oshib bormoqda. Demak-ki, mehmonlarga ko’rsatiladigan xizmat sifatini oshirish O’zbekiston turizm sayohatining dunyo miqyosida yuqori o’rinda bo’lishiga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Yurtimizning boy tarixi va madaniyatini namoyon etuvchi shaharlar orasida Samarqandning alohida o‘rni bor. Markaziy Osiyoning eng qadimiy shahri nafaqat bizning, balki butun Sharq mamlakatlarining durdonasiga aylangan.

Forum ishtrokchilari shaharning ulkan yodgorliklarini ko’zdan kechirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ular  Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, Goʻri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim madrasasi, Siyob bozori, Mirzo Ulugʻbek observatoriyasi bilan tanishadilar.

Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom al-Buxoriy dafn etilgan maqbara musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan bo‘lib kelgan.

Go‘ri Amir maqbarasi — Markaziy Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etilgan Аmir Temur maqbarasining qurilishi 1403 yilda boshlanib, 1424 yilda tugatilgan. Maqbara Аmir Temurning taxt vorisi, deb eʼlon qilingan nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirilgan. Maqbara sakkiz burchakli gumbaz asosida barpo etilgan.

Registon ansambliSamarqandning Registon maydonidagi Ulugʻbek, Tillakori, Sherdor Madrasalaridan iborat meʼmoriy majmua. Registon ansambli oʻzining rang barang koshinkori bezaklari; naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Oʻrta Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.  Registon – qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridandir.

Bibixonim madrasasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik 1399—1404 yillarda Amir Temur farmoni bilan qurilgan bo’lib, malika Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq.  Masjidning bir-biri bilan bogʻlangan 6 ta meʼmoriy boʻlaklari saqlanib qolgan. Bular hovlining toʻrida mehrobli va baland peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shimloyiy gʻarbiy tomonda minoradir. Hovlining har ikki yonida tashqi darvozaga ega bo’lgan to’rtta peshtoqli darvozaxonasi bor. Masjidning hovli sahniga marmar toshtaxtachalar yotqizilgan.

Ulug’bek madrasasi – Movarounnahr hukmdori, buyuk olim va munajjim Mirzo Ulug’bekning buyrug’iga ko’ra 1417-1420 yillarda qurilgan. Ushbu madrasa Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan eng qadimgi o’quv yurti binosidir. Ulug’bekning ko’rsatmasiga binoan Buxoro va G’ijduvonda ham madrasalar qurilgan.  Madrasaning old qismi maydonga qaragan va unda qat’iy nisbatlarda qurilgan ulug’vor peshtoq ajralib turadi. Ulug’bek madrasasi Markaziy Osiyoning eng yirik o’quv yurtlaridan biri bo’lgan. Bu yer nafaqat diniy, balki dunyoviy: astronomiya, matematika, falsafa fanlaridan bilim beradigan maskanga aylandi.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar