“Tashkent Law Spring”dan Buxoroga sayohat

“Tashkent Law Spring”dan Buxoroga sayohat

10.02.2020, 12:03

Avval xabar berganimizdek, UNWTO (Butunjahon sayyohlik tashkiloti) eng jadal surʼatlarda rivojlanayotgan top-20 mamlakat roʼyxatini e’lon qildi. Unda   Oʼzbekiston turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar roʼyxatida toʼrtinchi oʼrinda qayd etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani sababli tarixiy maskanlar yanada chiroy ochib yurtimiz ahli va xorijlik sayyohlarni o’ziga chorlamoqda. “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi ham ishtrokchilarga tarixiy maskanlar, obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkonini beruvchi madaniy dasturni e’lon qildi.

Maskur dasturda Samarqand, Buxoro, Xiva-Nukus, Toshkent, Fargʻona viloyati bo’ylab sayohatni amalga oshirish nazarda tutilgan. Forum ishtrokchilari buyuk alomallar yurti yani Buxoro shahriga ham sayohatni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi.

Buxoro O‘zbekistonning yana bir tarixiy  shaharlaridan biri sanaladi. U buyuk ipаk yo‘lida yirik tijorat markazlaridan bo‘lgan. Mamlakatimizning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan.

Sayohat davomida mehmonlar Buxoro shahridagi “Labi hovuz” majmuasi,  “Minorai kalon”,  “Masjidi Kalon”, “Buxoro Arki”,  “Somoniylar mavzoleyi”, “Bolo xovuz”, "Modarixon" madrasasi, "Chor bakr" kompleksi ko’zdan kechiradilar.

Labi Hovuz — Buxoroning markaziy maydonlaridan biri bo‘lmish me’moriy ansambl XVI — XVII asrlarda yaratilgan. Maydoni Ko‘kaldosh, Devon Begi madrasalari hamda Devon Begi honaqohi binolaridan tashkil topgan, atrofi Nodir begi hovuzi bilan birlashtirilgan. Ansambl o‘lchami 150x200 metrdir.                Labi Hovuz jonli savdo maydoni bo‘lgan, buning sababi bosh savdo ko‘chasining savdo gumbazlariga yaqinligi va Buxorodagi qurilishlarning nihoyatda zichligidir.

Minorai kalon- (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik bp’lib, poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chuqurlik, balandligi 50 m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi.

Masjidi Kalon inshooti o‘rta asrlarning noyob me’morchilik namunasi bo‘lib, Shayboniylar sulolasiga mansub xonlar tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlari shundaki, uning hajmi va binokorlik bezakchiligi u darajada bo‘lmasa-da, rejaviy masshtabligi jihatidan Samarqanddagi masjidlardan qolishmaydi.

Ark - Oʻrta Osiyo koʻhna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qalʼaband oʻrda. Yozma tarixiy manbalarda koʻhandiz, diz, koh, qasr, qalʼa, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland doʻnglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan oʻralgan, bir yoki ikki darvozasi boʻlgan. Ark ichida podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba va boshqa binolar boʻlgan.

Somoniylar mavzoleyi - Islom dunyosidagi eng tarixiy mavzoley Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi IX асрда Бухорода меъморчилик санъати, бинокорлик техникасининг нақадар юксалганлигини ва ривожланганлигини кўрсатади. Maqbara qadimiy so’g’d me’morchiligi an’analarini saqlab qolgan buyuk me’moriy asardir.

Bola Hovuz majmuasi - Registon maydonidagi yagona saqlanib qolgan yodgorlik bo’lib hovuz, juma masjidi va minoradan iborat. Majmuaning eng qadimiy qismi Bolo-hovuz  hisoblanadi. U Buxoroda saqlanib qolgan hovuzlardan biridir.

Modarixon madrasasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Abdullaxon madrasasi qarshisida joylashgan. Ikkalasi qoʻsh Madrasa majmuasini tashkil qiladi. Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasi sharafiga qurilgan. Xonalarning har birida eshik va uning tepasida ganchkori panjara mavjud. Modarixon madrasasining boshqa tomonlari bezaksiz. Oʻrtasidagi toʻgʻri toʻrtburchakli hovli atrofida ayvonli hujralar bor. Bosh tarzidagi mi-yonsaroy, darsxona va masjid, hovli toʻrining 2 burchagida joylashgan xonalar charxi gumbaz bilan qoplangan. Bagʻallari ganchdan toʻrsimon shaklda ishlangan.

Chor bakr meʼmoriy majmuasi Buxoroning Sumitan mavzeidagi meʼmoriy yodgorlik. Shu yerda yashab oʻtgan mashhur toʻrt shayx nomi bilan bogʻliq. Shayxlar qabristoni oldiga Abdullaxon II tomonidan xonaqoh, masjid, Madrasa va katta bogʻdan iborat meʼmoriy majmua barpo etilgan. Xonaqoh gumbazli xona va peshtoqdan iborat. Peshtoq bezagida koshinkori naqshlar va yirik kufiy yozuvlar, 2 yon qanotida guldastalar bor.

 

 

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar