2020 yilgi “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi 11 fevral kuni jamoatchilik muhokamasi uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2020.strategy.uz sayti hamda hukumatning regulation.gov.uz portaliga joylashtirilgan edi.
Dastur loyihasining ikkinchi "QONUN USTUVORLIGINI TA'MINLASh VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YaNADA ISLOH QILISh" ustuvor yo‘nalishi qatoridan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro huquqiy forumini o‘tkazish masalasi ham o‘rin oldi.
Xususan, mazkur yo‘nalishning 67 bandida “Tashkent Law Spring” xalqaro huquqiy forumini o‘tkazish va qonun hujjatlarini tizimlashtirish va kodifikasiyalash masalalarini muhokama qilish, ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish hamda davlat organlari faoliyati shaffofligini oshirishga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etish nazarda tutiladi.
Ma'lumot o‘rnida: 2020 yil 17 fevral kuni 2020.strategy.uz saytiga jami 1500 ga yaqin taklif va munosabatlar kelib tushgan.
1 yo‘nalishga – 531 ta, 2 yo‘nalishga – 227 ta, 3 yo‘nalishga – 319 ta, 4 yo‘nalishga – 266 ta, 5 yo‘nalishga – 26 ta munosabat bildirilgan.
Agar sizda ham “Tashkent Law Spring” II Xalqaro huquqiy forumini o‘tkazish bilan bog‘liq taklif yoki munosabatlar bo‘lsa 2020.strategy.uz sayti hamda regulation.gov.uz portalida izoh qoldirishingiz mumkin.