O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti 2019 yil 25-27 aprel kunlari O‘zbekistonda birinchi marotaba tashkil etilgan “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi ishchi organi vazifasini bajardi. Dunyoning 30 ta davlatidan 1 200 nafar mutaxassislar qatnashgan mazkur xalqaro yuridik forumning barcha tashkiliy masalalari Huquqiy siyosat tadqiqot institutida tashkil qilingan ishchi shtab ishtirokida amalga oshirildi.
Joriy yilning 23-25 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik Forumi ishchi shtabi bo’lgan Huquqiy siyosat tadqiqot institutida tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in olib borilmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhlar turli yo‘nalishlarda Yuridik Forumga tayyorgarlik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib, barchaning maqsadi “Tashkent Law Spring” ni yuksak darajada o‘tkazish hamda butun dunyo e'tiborini O‘zbekiston huquq bahoriga jalb qilishdan iborat.
Albatta, forumni tashkil etishda malakali yuristlardan iborat jamoaning alohida o‘rni bor. Lekin ularning mehnatini keng jamoatchilikka yetkazishda OAV vakillarining roli kattadir.
Shuni inobatga olgan xolda, joriy yilning 18 fevral kuni O‘zbekiston-24 telekanali ijodkorlari Institutga tashrif buyurdilar. Tasvirga olish jarayonida ular forumga tayyorgarlik ko‘rish ishlari, bu yilgi forumning o’ziga xos jihatlari va mamlakatimizga tashrif buyuruvchi xalqaro ekspertlarga oid ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
Demak tez kunlarda O‘zbekiston-24 telekanalining “Reportaj 24” ko‘rsatuvi orqali “Tashkent Law Spring” II xalqaro yuridik forumiga tayyorgarlik ishlariga oid yangiliklar bilan batafsil tanishamiz.