Joriy yilning 23-25 aprel kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi.
Bunday qaror Forum qatnashchilari, shu jumladan xorijiy mehmonlar va yurtimiz fuqarolari orasida Koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.
Tashkiliy qo'mita ilgari ro'yxatdan o'tgan shaxslarni Forum qoldirilgani haqida xabardor qilish bo'yicha ishlarni tashkillashtiradi, shuningdek, Forumning o'tkaziladigan aniq sanalarini qo'shimcha ravishda keyinroq e'lon qiladi.
❗️ E'tibor bering! Forumning keyinga qoldirilishi ilgari e'lon qilingan “Eng yaxshi yuridik xizmat”, “Eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” respublika tanlovlari o'tkazilishiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Forum haqida batafsil ma'lumotlarni www.tashkentlawspring.uz sayti yoki (+99871) 268-28-41, (+99871) 268-28-43 telefon raqamlari orqali olish mumkin.
“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi Tashkiliy qo'mitasi