“Legal tech va Law tech”

“Legal tech va Law tech”

09.04.2021, 09:18

Bugungi kunda ko’pdan-ko’p mamlakatlar inson faoliyatining turli sohalarini raqamlashtirib kelmoqda. Huquqshunoslik ham bundan mustasno emas. Shu munosabat bilan Legal tech va Law tech deb nomlangan texnologiyalardan huquqiy amaliyotda unumli foydalanib kelinmoqda.

Legal tech - bu yuridik sohani raqamli texnologiyalar bilan qamrab oluvchi, yuridik xizmatlarni avtomatlashtirilgan tarzda ko’rsatish, shuningdek yuridik masalalarni raqamli texnologiyalar yordamida yechishga qaratilgan yurisprudensiya va axborot texnologiyalari soxalari uyg’unligida hosil bo’lgan yo’nalishidir.

LawTech - huquqiy xizmatlarni olishni an’anaviy usullidan yangisiga almashtirishga imkon beruvchi va (yoki) foydalanuvchilarga huquqiy ma'lumotlarga kirishni osonlashtiruvchi turli xil onlayn ilovalar va xizmatlardir. 

Law tech va Legal tech o'rtasidagi asosiy farqi shundaki, Law tech texnologiyalari yuridik xizmatlarning oxirgi iste'molchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, ular huquqiy maslahat yoki xizmatni huquqshunoslarga murojaat qilmasdan olish imkoniyatini ochadi, Legal tech esa raqamlashtirish va huquqshunoslar ishlarini osonlashtirish uchun mo'ljallangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Tashkent Law Spring” II Xalqaro huquqiy forumining sessiyalaridan biri Legal tech va Law tech masalalariga bag‘ishlangan. Sessiya doirasida quyidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:

- Law tech va Legal techning dolzarb jihatlari;

- Law tech va Legal techni qo'llash bo'yicha xorijiy tajriba;

- Law tech va Legal techdan foydalanishning afzalliklari;

- Law tech va Legal techni yanada rivojlantirish masalalari.

Sessiyada Legal tech va Law tech bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan nufuzli xorijiy tashkilotlarning vakillari ishtirok etadi.

Masalan, ushbu sessiyada Singapurning Huquq jamiyati Prezidenti Gregory Vijayendran, Central Asia Tech Lawning asoschisi Ammar Younas, Innovation Consultantsning bosh ijro etuvchi direktori Ai Mo ishtirok etadilar.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar