"Davlat huquqiy siyosati: dolzarb vazifalar va istiqboldagi tendensiyalar"

"Davlat huquqiy siyosati: dolzarb vazifalar va istiqboldagi tendensiyalar"

09.04.2021, 09:22

COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq pandemiya avval shakllangan davlat boshqaruvi mexanizmlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida, davlat hokimiyati organlari “qo‘lda boshqarish usuliga” o‘tildi, shu jumladan, noodatiy huquqiy choralarni qo‘llshga ham to‘g‘ri keldi.

Bu borada adliya organlari pandemiya bilan bog‘liq murakkab holatni yumshatish bo‘yicha zudlik bilan tegishli choralar ko‘rish uchun huquqiy asoslarni yaratishga to‘g‘ri keldi. Shu bois, adliya organlarining davlat organlari tizimidagi o‘rni sezilarli darajada oshdi.

Rivojlanishning hozirgi bosqichida adliya organlari yangi chaqiriqlarga javob izlashlari kerak. Avvalo, amaldagi ish uslublarini tahlil qilish, mavjud vaziyatdan xulosa chiqarish, kelgusi o‘zgarishlarga qonunchilik tizimining tayyorligini ta’minlash maqsadida maqbul qoidalarni shakllantirish zarur.

“Toshkent huquq bahori” xalqaro huquqiy forumi davlat huquqiy siyosati sohasidagi dolzarb vazifalar va kelgusi istiqbollarni har tomonlama muhokama qilish uchun noyob maydonga aylanadi.

Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston, Singapur va boshqa bir qator mamlakatlar adliya vazirlarining ishtiroki adliya organlari oldida turgan quyidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va tajriba almashish imkonini beradi:

– qonunchilikning moslashuvchanligini ta’minlash va tartibga solish yukini kamaytirish, birinchi navbatda, tadbirkorlik va investitsiya faoliyati bo‘yicha ish uslublarini qayta ko‘rib chiqish;

– huquqiy normalarni inkorparatsiya va konsolidatsiya qilish hamda “tartibga solish gilotinasi” usullari olqali qonunchilikni tizimlashtirish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solishni optimallashtirish;

– qonunchilikni raqamlashtirishni yanada kengaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali qonun ijodkorligi faoliyatining ochiqligi va aholi faolligini ta’minlash;

– davlat, biznes va jamiyat manfaatlariga teng ravishda javob beradigan yuqori sifatli qonun loyihalarini tayyorlash orqali qonunchilik barqarorligini ta'minlash;

– tartibga solish ta’sirini baholash, qonunchilikni tizimlashtirish, forsayt tahlil va shu kabi prognozlashtirishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda qonunlarning kelgusi o’zgarishlarga tayyorligini ta’minlash va boshqalar.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar